Argentina futbol rahbarlari sudga berish bilan tahdid qilmoqda
Argentina futbol assotsiatsiyasi Jahon chempionati-2026 paytida terma jamoa haqida tarqatilgan haqqoniylikka to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlar uchun sudga murojaat qilishi mumkin.

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) Jahon chempionati–2026 paytida terma jamoa haqida tarqatilgan haqqoniylikka to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlar uchun sudga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Sportskeeda nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik mutasaddilar jamoa va uning futbolchilariga nisbatan «asossiz ayblovlar» hamda tekshirilmagan ma'lumotlar tarqatgan shaxslarga nisbatan da'vo arizalari kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

AFA yuristlari bu boradagi dalil-isbotlarni to'plashni boshlab yuborgan. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar, skrinshotlar va boshqa materiallar yig'ilmoqda. Xabarga ko'ra, ehtimoliy da'volar faqat yirik ommaviy axborot vositalariga emas, balki ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ham qaratilishi mumkin.
Assotsiatsiya noroziligiga turnir davomida Argentinaga qarshi ko'paygan ayblovlar sabab bo'lgan. Xususan, 1/8 finalda Misr ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, hakamlar go'yoki Argentina tomonini qo'llagani va FIFA tomonidan yordam bo'lgani haqida turli da'volar paydo bo'lgan edi.