FutboldeSport Tahririyati 6

Al-Hilol "Oltin to'p" sohibini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi

Saudiyaning "Al-Hilol" klubi "Pari Sen-Jermen" tarkibida o'ynayotgan, "Oltin to'p" sohibi Usmen Dembeleni sotib olish rejasini ishlab chiqmoqda.

Al-Hilol "Oltin to'p" sohibini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi

Saudiyaning "Al-Hilol" klubi kutilmagan transfer amalga oshirish arafasida. Ar-Riyod jamoasi "Pari Sen-Jermen" tarkibida o'ynayotgan, "Oltin to'p" sohibi Usmen Dembeleni sotib olish rejasini ishlab chiqmoqda.

Al-Hilol

Jurnalist Sasha Tavoleri ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "Al-Hilol" vakillari Frantsiya terma jamoasi hujumchisining agentlari bilan allaqachon aloqa o'rnatgan. Agar Dembele saudiyaliklar taklifini qabul qilsa, shundan so'ng klub PSJ bilan rasmiy muzokaralarga kirishadi.

Arab klubi transfer uchun aniq qancha mablag' taklif etishi hozircha oshkor etilmagan. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi paytda Usman Dembelening bozor qiymati 100 million evro atrofida baholanmoqda.

Futbolchining "Pari Sen-Jermen" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq, frantsuz matbuotida Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan parijlik klub 29 yoshli forvard bilan hamkorlikni yanada manfaatli shartlar asosida uzaytirishga tayyor ekani aytilgandi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: