FutboldeSport Tahririyati 8

Tramp: Men qarorni qayta ko'rib chiqishlarini so'radim, chunki buni qoidabuzarlik deb hisoblamayman

AQSh prezidenti Donald Tramp FIFAning Amerika terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga qo'yilgan diskvalifikatsiyani vaqtincha to'xtatish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.

Trampning ta'kidlashicha, u FIFAdan ushbu masalani qayta ko'rib chiqishni so'ragan. Uning fikricha, o'yin davomida hakamlar noto'g'ri qaror qabul qilgan.

"Men FIFAdan tekshiruv o'tkazishni so'radim. Juda hurmat qilinadigan inson [Janni Infantino] bilan gaplashdim… Bu ishni amalga oshirgan odam – menman. Bu Bayden emas, Bayden uxlab yotardi!

Men qarorni qayta ko'rib chiqishlarini so'radim, chunki buni qoidabuzarlik deb hisoblamayman, bu ishni tushunaman. Men bundan qoidabuzarlik topmadim. Faqat qayta ko'rib chiqishni so'radim, boshqacha qaror chiqarishlarini talab qilmadim", – deydi Tramp, jurnalist Sofiya Kayning yozishicha.

Folarin Balogun

Shu tariqa, Folarin Balogun Belgiyaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'ladi. Unga nisbatan qo'llanilgan maydondan chetlashtirish jazosi vaqtincha to'xtatib turildi. Hujumchi "Jahon chempionati–2026"da hozirgacha uchta o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va bir marta golli pas berdi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: