FutboldeSport Tahririyati 9

Desham ochiqladi: Mbappé haqiqatan ham "diktator"mi?

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kilian Mbappé haqida fikr bildirdi.

Desham ochiqladi: Mbappé haqiqatan ham "diktator"mi?

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoadagi etakchi hujumchi Kilian Mbappé roli haqida fikr bildirdi.

– Sizningcha, Kilian Mbappé sardor sifatida etarlicha etilib ulgurdimi?

– Unga baʼzan goʻyo birovga hukm oʻtkazadigan shaxs sifatida baho beriladi. Men sizni emas, umumiy tasavvurni nazarda tutyapman. Aslida esa Kilian haqidagi bu tasvir mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Terma jamoa yigʻinlari boshlangan birinchi kundanoq u toʻgʻri kayfiyat, toʻgʻri munosabat bilan ishga kirishdi. U gapirganda, faqat oʻzini emas, butun jamoani ifodalaydi.

U menga futbolchilarning turli muammolarini etkazadi, bu masalalar doim ham uning oʻziga bogʻliq boʻlmasligi mumkin. Agar sen boshqalar haqida qaygʻursan, oʻzingda muammo boʻlmasligi kerak. Agar jamoada muammosiz oʻyinchi bor desak, bu – Kilian. Jamoa unga ergashadi. Bizda juda yaxshi jamoa shakllangan, u sardor boʻlishi esa tabiiy holat. Chunki uni aynan men sardor sifatida tanlaganman.

Kilian Mbappé
Manba:Sports.uz
Ulashish: