FutboldeSport Tahririyati 5
Manchesterliklar Vinisius uchun katta summa tayyorlab qo'ydi
Manchester Yunayted klubi Madridning Real jamoasi hujumchisi Vinisius Juniorni yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgiladi.

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Juniorni yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgiladi.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko’ra, manchesterliklar braziliyalik futbolchi uchun taxminan 120 million evro miqdorida rasmiy taklif tayyorlagan va uni yaqin haftalarda «Real»ga yuborishi mumkin.
Manbaga ko’ra, Vinisius hozircha madridliklar bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan.
Bunga futbolchining Kilian Mbappé bilan teng miqdorda maosh olish talabi sabab bo’layotgani aytilmoqda.
Manba:Sports.uz