Tottenham bir yarim asrdan so'ng quyi ligaga tushib qoldi
Tottenham quyi ligaga tushib qoldi. Bu klubning 144 yildagi tarixida birinchi marotaba bo'ldi.

Tottenham quyi ligaga tushib qoldi. Bu klubning 144 yildagi tarixida birinchi marotaba bo'ldi.
Angliya Premer-ligasining 32-turi “Vest Xem” va “Vulverxempton” o'yini bilan boshlandi. Autsayderlar o'zaro bahsida 4:0 hisobida “bolg'urarlar” foydasiga hal bo'ldi.
“Vest Xem” yirik hisobdagi g'alabadan so'ng ochkolari sonini 32 taga yetkazib, musobaqa jadvalida bir pog'ona yuqoriladi. Bu jamoadan bir qator tepada turgan “Tottenham” esa, 18-o'ringa tushdi va 144 yildan buyon birinchi marotaba xavfli zonaga tushib qoldi.

Ta'kidlash joizki, bu mavsum “Tottenham” kuchli tarkibga ega bo'lishiga qaramay, liga da jon saqlab qolish uchun kurashishi ga to'g'ri kelmoqda.
Natyijalari pastligi tufayli klub rahbariyati bir necha marta murabbiy almashtirdi. Xususan, mavsum davomida Tomas Frank va Igor Tudor ishdan olindi. 31 mart kuni jamoa taniqli murabbiy Roberto De Zerbi qabul qilindi.

Roberto De Zerbining zimmasiga jamoani Premer-ligada olib qolish va keyingi mavsumlarda yuqori o'rinlar uchun kurashadigan tarkib shakllantirish vazifasi yuklandi.






