FutboldeSport Tahririyati 5

Real" Entsoning agenti bilan bog'landi

Real" Madrid "Chelsi"ning argentinalik yarim himoyachisi Entso Fernandesning agenti bilan bog'lanib, uning transferi haqida gaplashib boshlagan

Real" Entsoning agenti bilan bog'landi

Madridning «Real» jamoasi Londonning «Chelsi» klubida to'p surib kelayotgan argentinalik yarim himoyachi Entso Fernandesning vakillari bilan aloqa o'rnatgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «Real» vakillari bilan dastlabki muloqotlar o'tkazilgan bo'lsa-da, jarayon keyinchalik rivojlanmagan. Klub rahbariyati Fernandesni yuqori darajadagi futbolchi sifatida baholashini tan oladi, ammo hozirgi paytda u amaliy transfer maqsadi sifatida ko'rilmayapti. Shu kabi yondashuv «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesga ham taalluqli ekani ta'kidlanmoqda.

Entso Fernandes

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda 25 yoshli argentinalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va jamoadoshlariga yetti marta golli pas berdi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: