FutboldeSport Tahririyati 9

Karlo Anchelotti: "Neymar 90 daqiqa to'liq o'ynashga tayyor"

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning jismoniy tayyorgarligi va ruhiy holati haqida fikr bildirdi.

Karlo Anchelotti: "Neymar 90 daqiqa to'liq o'ynashga tayyor"

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Jahon chempionati — 2026" musobaqasining 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi o'yin oldidan jamoa hujumchisi Neymarning jismoniy tayyorgarligi va ruhiy holati haqida fikr bildirdi. Mundial boshlanganidan buyon yulduz hujumchi maydonda jami 14 daqiqa to'p surdi, to'rtta o'yindan faqat bittasida zaxiradan maydonga tushirildi.

— Ha, u 90 daqiqa to'liq o'ynay oladi, — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Folha de S.Paulo nashri. — U bu vaziyatdan mamnun emas, lekin o'zini juda munosib tutayapti va mashg'ulotlarda a'lo darajada ishlayapti. Neymar atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo'ladigan, odamlarga mehribon inson, jamoadoshlari uni yaxshi ko'rishadi. U jamoada muhim o'rin tutadi: mahorat darajasi juda yuqori, biroq shu bilan birga juda kamtar. Men undan juda mamnunman. Albatta, Neymar har doimgidek o'ynashni istayapti.

Neymar

Ma'lumki, jahon chempionati hozir AQSh, Meksika va Kanada stadionlarida o'tmoqda. 1/16 final bosqichida Karlo Anchelotti shogirdlari Yaponiya terma jamoasini qiyinlik bilan 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: