FutboldeSport Tahririyati 19

Mashhur klub evrokuboklardan chetlatiladi

Fransiyaning "Marsel" klubi kelasi mavsumda evrokuboklardan chetlatilish xavfi ostida turibdi.

Mashhur klub evrokuboklardan chetlatiladi

Fransiyaning mashhur "Marsel" klubi kelasi 2026-2027 yilgi mavsumda evrokuboklardan chetlatilish xavfi ostida turibdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Marsel"ning so'nggi uch mavsumdagi zarari 157 million evrogaga yetgan.

Marsel klubi

Shu bilan birga 2022 yilda marselliklar UEFA bilan moliyaviy feyr-pley qoidalariga muvofiq moliyaviy muvozanatga erishish majburiyatini olgan. Ushbu kelishuv uch mavsum davomida maksimal zarar 60 million evrodan oshmaganini nazarda tutgan.

Ta'kidlanishicha, UEFA shu hafta "Marsel" ishini ko'rib chiqadi.

Marselliklar Fransiya chempionatini 59 ochko bilan beshinchi o'rinda yakunladi va bu pozitsiya ularna UEFA Yevropa Ligasida qatnashish huquqini bergan edi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: