FutboldeSport Tahririyati 26

Liverpool Konate bilan xayrlashdi

Liverpool klubi himoyachi Ibraima Konate bilan hamkorlikni tugatganini e'lon qildi. Fransiyalik futbolchi iyun oxirida klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Liverpool Konate bilan xayrlashdi

Liverpool klubi rasmiy sayti orqali himoyachi Ibraima Konate bilan hamkorlikni tugatganini ma'lum qildi.

Fransiyalik futbolchi iyun oxirida klubni erkin agent sifatida tark etadi. Shu tariqa, uning "Enfild"dagi besh yillik faoliyati o'z nihoyasiga yetadi.

Ibraima Konate

Konate 2021-yilda "RB Leipzig"dan "Liverpool" safiga qo'shilgan edi. U merseysidlilar tarkibida jami 183 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

himoyachi klub bilan birga Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi, ikki marta Liga kubogi hamda Angliya Superkubogida g'olib chiqqan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: