FutboldeSport Tahririyati 6
Ronaldu Jahon chempionati pley-offi tarixidagi eng yoshi ulugʻ futbolchiga aylandi
Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichi tarixida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichi tarixida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi.
Xorvatiyaga qarshi 1/16 final bahsi kuni Ronalduning yoshi 41 yosh 148 kunni tashkil qildi. Shu tariqa, u Angliya afsonasi Piter Shiltonning (40 yosh 292 kun) rekordini yangiladi. Shuningdek, xorvat yarim himoyachisi Luka Modrich ham (40 yosh 297 kun) ushbu koʻrsatkich boʻyicha Shiltondan oʻzib ketgandi.
Maʼlumot uchun, Ronaldu "JCh-2026" guruh bosqichida uchta uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta gol urgan.

Manba:Sports.uz