FutboldeSport Tahririyati 70

Joan García: "Laminda jiddi muammo yo'qligiga umid qilamiz"

Barcelona darvozaboni Joan García jamoadoshi Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi.

Joan García: "Laminda jiddi muammo yo'qligiga umid qilamiz"

Barcelona darvozaboni Joan García jamoadoshi Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi.

"Albatta, har qanday jamoadoshim uchun qayg'urganimiz kabi Lamin uchun ham xavotirdamiz, xuddi Joau bilan bo'lgani kabi. Yamalda jiddi muammo yo'qligiga va uning imkoniyati qadar tezroq qaytishiga umid qilamiz", — dedi García.

Ispaniya chempionatining 33-turida "Barcelona" o'z maydonida "Selta"ni 1:0 hisobi bilan mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golga Lamin Yamal mualliflik qildi — u birinchi bo'lim so'ngida raqib darvozasini ishgal etdi, bir necha daqiqadan so'ng esa jarohat sabab maydonni tark etdi.

18 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 o'yin o'tkazib, 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Joan García
Barcelona
Selta
Lamin Yamal
La Liga
Ispaniya chempionati
Futbol
Sport
Joan García
Lamin Yamal
Manba:Sports.uz
Ulashish: