Chelsea Yangi Uy Libosini Taqdim Etdi
Chelsea futbol klubi 2026/2027-yilgi mavsum uchun yangi uy libosini taqdim etdi. Yangi forma dizaynida klub emblemasi markaziy o'rinda joylashgan.

Chelsea futbol klubi 2026/2027-yilgi mavsum uchun yangi uy libosini taqdim etdi.
Formaning dizaynida markaziy o'rinda klub emblemasi joylashgan, u muxlislar bilan maslahatlashilgandan so'ng yangilandi va yorqin ko'k rangdagi futbolkaning old qismiga tushirildi. Futbolkada yoqa va tugmachalar, shuningdek, sher va logotip tasviri tushirilgan emblema tillar rangda.

Qayd etilishicha, libosni yaratishda havo oqimining o'tkazuvchanligini ikki baravardan ko'proqqa oshirish imkonini beruvchi sovutish tizimidan foydalanilgan.
Yakunlangan mavsumda, Chelsea 52 ochko bilan Angliya chempionatida 10-o'rinni egalladi va Yevrokuboklarga chiqa olmadi. Jamoani yangi mavsumga bosh murabbiy Xabi Alonso tayyorlaydi.