“Barcelona”ni ustidan kulisdi
“Bavariya”ning faxriy prezidenti Uli Xyoness Germaniya kubogi finalidagi gʻalabadan keyin jamoa toʻpurari Harri Keyn haqida fikr bildirdi.

“Bavariya”ning faxriy prezidenti Uli Xyoness Germaniya kubogi finalidagi gʻalabadan keyin jamoa toʻpurari Harri Keyn haqida fikr bildirdi.
“Bavariya” hal qiluvchi bahsda angliyalik hujumchining xet-trigi evaziga “Shtutgart”ni 3:0 hisobida magʻlub etdi va navbatdagi sovringa ega chiqdi.
- Harri Keyn – biz amalga oshirgan eng yaxshi transfer, - dedi Xyoness Das Erste telekanaliga bergan intervyusida.
Jurnalist unga Keynni “Barcelona” bilan bogʻlayotgan xabarlar haqida eslatganda, Xyoness keskin javob qaytardi:
- “Bavariya” – zoʻr futbolchilarni sotadigan emas, aksincha sotib oladigan klub… Qolaversa, “Barcelona”da bu transferga baribir pul yoʻq, - dedi Uli Xyoness istehzo bilan.

Joriy mavsumda Harri Keyn klub darajasidagi 51 ta oʻyinda 61 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.