FutboldeSport Tahririyati 21

Yurgen Klopp: Germaniya terma jamoasini men boshqaraman

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarishga rozi bo'lganini ma'lum qildi. U yaqin kunlarda Germaniya futbol ittifoqi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Yurgen Klopp: Germaniya terma jamoasini men boshqaraman

Germaniya terma jamoasini yaqin vaqtlarda Yurgen Klopp boshqarishi rasman tasdiqlandi. Mashhur mutaxassis oʻz bayonotida milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimini qabul qilishga rozi boʻlganini maʼlum qildi.

Bu haqda rasman eʼlon qilish payti ancha yaqinlashdi. Ideal holatda, bu yaqin bir necha kun ichida boʻlishi kerak, — deya Kloppning soʻzlarini ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Fabritsio Romano keltiradi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Klopp kelasi hafta Germaniya futbol ittifoqi bilan shartnoma imzolashi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi bu maʼlumot amalda tasdiqlana boshladi.

Yurgen Klopp 2015–2024 yillar oraligʻida «Liverpul» jamoasini boshqarib, klub tarixida eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biriga aylandi. Uning qoʻl ostida jamoa Angliya chempionligi, Evropa chempionlar ligasi va qator nufuzli sovrinlarni qoʻlga kiritdi.

2025 yil boshidan esa Klopp futboldagi «Red Bull» tizimida ish boshlagan edi.

Germaniya terma jamoasi jahon chempionatida omadsiz ishtirok etdi. Bundestim musobaqani 1/16 finaldayoq tark etdi. Muvaffaqiyatsiz ishtirokdan soʻng Yulian Nagelsmann bilan hamkorlik toʻxtatildi va milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimi boʻsh qolgan edi.

Yurgen Klopp
Manba:Sports.uz
Ulashish: