Romero nima uchun Trampga qo'l uzatmadi?
Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero jahon chempionati finalidan so'ng o'tkazilgan taqdirlash marosimida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qo'l siqishdan bosh tortdi.

Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero jahon chempionati finalidan so'ng o'tkazilgan taqdirlash marosimida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qo'l siqishdan bosh tortdi.
Eslatib o'tamiz, hal qiluvchi bahsda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushdi va qo'shimcha daqiqalarda kiritilgan yagona gol hisobni belgilab qo'ydi – 0:1.
«Tottenxem» klubi sharafini himoya qiladigan Romero medal olish uchun sahnaga ko'tarilganida, avvalo FIFA prezidenti Janni Infantino bilan qo'l siqishdi. Infantino argentinalik futbolchining bo'yniga ikkinchi o'rin medalini taqdi.

Shundan so'ng Romero navbatda turgan Donald Tramp oldidan to'xtamasdan o'tib ketdi va unga qo'l bermadi.
Romerodan oldin podiumga chiqqan hujumchi Xulian Alvares esa ham Infantino, ham Tramp bilan qo'l siqib, ularni odatiy tarzda qutlab o'tdi.
Taqdirlash marosimi davomida Donald Tramp Ispaniya terma jamoasining g'alaba lahzalaridan ham faol ko'rindi: u jahon kubogini g'oliblarga shaxsan topshirdi va ispan futbolchilari chempionlik suratga tushayotganida ham sahnadan uzoq vaqt ketmay turdi.