FutboldeSport Tahririyati 4

“Real” va “Barsa” transferi nishoni boʻyicha yomon xabar oldi

Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek endi klub rahbariyatining roziligisiz jamoani tark eta olmaydi.

Sky Sport xabariga koʻra, iyul oyining oʻrtalarida Shlotterbekning shartnomasidagi tovon puli (release clause) haqidagi band oʻz kuchini yoʻqotgan. Shu sababli endi uning kelajagi toʻliq “Borussiya” ixtiyorida boʻladi.

Agar “Real”, “Barselona” yoki “Liverpul” 26 yoshli nemis himoyachisini sotib olmoqchi boʻlsa, endi ular toʻgʻridan-toʻgʻri dortmundliklar bilan kelishuvga erishishiga toʻgʻri keladi.

Niko Shlotterbek

Manbaning taʼkidlashicha, jahon chempionatida olgan jarohatidan keyin “Real”ning Shlotterbekka boʻlgan qiziqishi ham pasaygan.

Himoyachining amaldagi shartnomasi “Borussiya” bilan 2031 yilgacha moʻljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 55 million evroga baholamoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: