FutboldeSport Tahririyati 5

Real" nemis himoyachisi transferini blokladi

Real" nemis himoyachisi Niko Shlotterbekning transferi bloklangan

Real" nemis himoyachisi transferini blokladi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek endi «Real» tarkibiga qoʻshilmaydi. Madrid klubi nemis futbolchisini ehtimoliy yangi transfer sifatida koʻrib chiqishni toʻxtatgan.

Jurnalist Mario Kortegana maʼlumotiga koʻra, «Real» rahbariyati Shlotterbek nomzodini oʻz rejalariga kiritmayotganini aniq bildirgan. Futbolchi klubning qisqa roʻyxati — asosiy transfer maqsadlari orasida endilikda yoʻq.

Shunga qaramay, madridliklar himoya chizigʻini kuchaytirish niyatidan qaytmagan. «Real» hali ham yangi himoyachi qidirmoqda va klub skautlari bir nechta nomzodlarni diqqat bilan oʻrganayotgani aytilmoqda.

Niko Shlotterbek
Manba:Sports.uz
Ulashish: