PSJ raqibning asosiy yulduzi bilan kelishuvga erishdi
Frantsiya chempionati va UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi PSJ klubi «Monako» jamoasi vingeri Magnes Akliush bilan shaxsiy shartnoma borasida to'liq kelishuvga erishdi.

Frantsiya chempionati va UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi PSJ klubi «Monako» jamoasi vingeri Magnes Akliush bilan shaxsiy shartnoma borasida to'liq kelishuvga erishdi.
Bu haqda RMC Sport jurnalisti Fabris Xokins xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, tomonlar besh yillik shartnoma yuzasidan kelishib olgan. Endi parijliklar 24 yoshli futbolchini transfer qilish masalasida «Monako» bilan muzokara olib bormoqda.
Akliush «Monako» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, frantsuz vingerining transfer qiymati 50 million evro atrofida.
O'tgan mavsumda Akliush «Monako» safida barcha musobaqalar doirasida 43 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
