FutboldeSport Tahririyati 5

Messi Jahon chempionatida 30 yoshdan katta futbolchilar orasidagi gollar bo'yicha o'z rekordini yangiladi

Lionel Messi jahon chempionati - 2026 musobaqasida 30 yoshdan oshgan futbolchilar orasida bir chempionat doirasida qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkichni yangiladi.

Messi Jahon chempionatida 30 yoshdan katta futbolchilar orasidagi gollar bo'yicha o'z rekordini yangiladi

Lionel Messi jahon chempionati — 2026 musobaqasida allaqachon sakkizta gol urishga ulgurdi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, bu 30 yoshdan oshgan futbolchilar orasida bir chempionat doirasida qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.

Avvalgi rekord ham Messiga tegishli edi. Qatarda o'tgan va Argentina g'alabasi bilan yakunlangan JCh-2022 musobaqasida jamoa sardori etti marta raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.

Joriy chempionatdagi sakkizinchi golini 39 yoshli hujumchi 1/8 finalda Misr terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (3:2) urdi. Argentinaliklar 0:2 hisobida ortda ketayotgan o'yinni o'zi foydasiga burishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu gol Messiga JCh-2026 bombardirlar ro'yxatida yakka xolda peshqadamlik qilish imkonini berdi — u ettitadan gol urgan Kilian Mbappé va Erling Xolandni ortda qoldirdi.

Messi
Manba:Sports.uz
Ulashish: