FutboldeSport Tahririyati 6

Messi gol urishda shaxsiy rekordini oʻrnatdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionatlaridagi shaxsiy gollar rekordini yangiladi.

Messi gol urishda shaxsiy rekordini oʻrnatdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi jahon chempionatlaridagi shaxsiy gollar rekordini yangiladi.

"JCh-2026" musobaqasining 1/8 final bosqichida Misr darvozasiga kiritilgan toʻp argentinalik yulduz uchun ushbu turnirdagi sakkizinchi gol boʻldi.

Ilgari uning jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi 2022 yili Qatarda oʻtgan mundialda urilgan etti gol edi.

Hozircha Messi 2026 yilgi jahon chempionatida oʻtkazgan har bir oʻyinda gol urishga muvaffaq boʻlmoqda. U Misr, Kabo-Verde va Iordaniya darvozalariga bittadan gol urdi, Avstriyaga qarshi bahsda dubl qayd etdi, Jazoir bilan uchrashuvda esa xet-trik muallifi boʻldi.

Messi

Shu tariqa, u musobaqaning eng yaxshi toʻpurari uchun kurashda peshqadamlikni qoʻlga olgan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: