Martines ketdi, uning o'rnini kim egallaydi?
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines lavozimini tark etdi. Uning o'rnini kim egallashi borasida turli mish-mishlar tarqalmoqda.

Portugaliya terma jamoasida yangi davr boshlanmoqda! Jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan Portugaliya musobaqani tark etdi. Shundan so'ng bosh murabbiy Roberto Martines o'z lavozimini tark etganini rasman e'lon qildi.
52 yoshli murabbiyning Portugaliya terma jamoasidagi statistikasi: 40 ta o'yin, 28 g'alaba, 7 durang va 5 ta mag'lubiyat.
Martines qo'l ostida portugallar "2026-yilgi Jahon chempionatida" O'zbekiston va Xorvatiyani mag'lub qilgan bo'lsa, Kolumbiya va Kongo bilan durang natija qayd etdi. Shuningdek, Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyat ham bor...

Ayni paytda ispaniyalik mutaxassisning o'rnini kim egallashi borasida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Eng ko'p tilga olinayotgan nomlardan biri - Jorje Jezush. 71 yoshli portugal o'tgan mavum "An-Nasr" bilan Saudiya chempioni bo'lib, klubni tark etgandi.