FutboldeSport Tahririyati 6

Markinos «Tsrvena Zvezda»ga oʻtishi boʻyicha qarorini eʼlon qildi

Markinos «Spartak» jamoasi yarim himoyachisi «Tsrvena Zvezda» klubiga oʻtishi haqida mish-mishlarga nuqta qoʻydi.

Markinos «Tsrvena Zvezda»ga oʻtishi boʻyicha qarorini eʼlon qildi

Markinos «Tsrvena Zvezda»ga oʻtishi boʻyicha qarorini eʼlon qildi

Markinos transfer haqidagi mish-mishlarga nuqta qoʻydi

«Spartak» jamoasi yarim himoyachisi Markinos «Tsrvena Zvezda» klubiga oʻtishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga oʻz munosabatini bildirdi.

Braziliyalik futbolchiga koʻra, u Deyan Stankovich bilan hech qanday muloqot qilmagan va Serbiya chempionatiga yoʻl olish niyati yoʻq.

«Stankovich meni «Tsrvena Zvezda»ga chaqirganmi? U bilan bogʻlanmaganman, ancha vaqtdan beri gaplashmaganmiz. Unga faqat yaxshilik va omad tilayman. Lekin men hozir «Spartak»daman va «Tsrvena Zvezda»ga oʻtishni rejalashtirmayapman», — deb taʼkidladi Markinos.

Markinos

Markinos 2024 yili «Spartak» safini toʻldirgan. Oʻsha paytda jamoani Deyan Stankovich boshqargan edi. 2025 yil kuzida serbiyalik mutaxassis Moskva klubini tark etdi va hozirda «Tsrvena Zvezda»da faoliyat yuritmoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: