JCh-2026: Ispaniya qiyinchilik bilan Belgiyani mag'lub etib yarim finalga yo'l oldi
Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati-2026 chorak finalida Belgiyani 2:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi.

Jahon chempionati — 2026 1/4 bosqichdan o'rin olgan Ispaniya - Belgiya uchrashuvi "qizil furiyalar" foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.
O'yinning 30 daqiqasida Kurtuaning seyvidan so'ng Fabian Ruis qaytgan to'pni darvozaga yo'llab gol urdi. 41-daqiqada esa, de Ketelare boshi bilan zarba berib ushbu mundialda Ispaniya darvozasini ishg'ol qilgan yagona futbolchi bo'ldi. 70-daqiqada Belgiya etakchisi Tibo Kurtua jarohat tufayli zaxiraga olindi. Uning o'rniga MYu posboni Senne Lammens maydonga tushdi va uning xatosi Ispaniyaning 2-goliga sabab bo'ldi. Gol 88-daqiqada Merino tomonidan urildi.

Yarim finalda Ispaniya Frantsiya bilan to'qnash keladi.