FutboldeSport Tahririyati 3

Manchesterliklar uch himoyachini nishonga oldi

Manchester Yunayted yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida bir vaqtning o'zida bir nechta futbolchini kuzatyapti.

Manchesterliklar uch himoyachini nishonga oldi

Yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan "Manchester Yunayted" tarkibini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Manchesterliklar yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida bir vaqtning o'zida bir nechta futbolchini kuzatyapti.

Insayder Ben Jeykobs ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" sport bo'limi mutasaddilari diqqat markazida Karlos Augusto ("Inter"), Lyuis Xoll ("Nyukasl") va Oliver Skarls ("Vest Xem") turibdi.

Ular orasida eng ustuvor nomzod sifatida aynan Lyuis Xoll ko'rilmoqda.

O'tgan Angliya Premer-ligasi mavsumi yakuniga ko'ra, "Manchester Yunayted" 71 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi va kelasi mavsum uchun UEFA Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Manchester Yunayted
Manba:Sports.uz
Ulashish: