FutboldeSport Tahririyati 4

«Manchester Siti» «Lester» yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

«Manchester Siti» 17 yoshli «Lester Siti» vingeri Jeremi Monga bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Transfer uchun «Manchester Siti» 10 million funt sterling to'laydi.

«Manchester Siti» «Lester» yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

«Manchester Siti» 17 yoshli «Lester Siti» vingeri Jeremi Monga bilan shartnoma imzolaganini klub matbuot xizmati rasman ma'lum qildi.

Yosh futbolchi bilan tuzilgan kelishuv muddati besh yilni tashkil etadi va 2031 yil yoziga qadar amal qiladi. Xabarlarga ko'ra, transfer uchun «Manchester Siti» 10 million funt sterling (taxminan 11,7 million evro) to'laydi. Shuningdek, kelishuvda yana 2,5 million funt (qariyb 2,9 million evro) miqdorida bonuslar ham ko'zda tutilgan.

«Menga “Manchester Siti” qiziqish bildirgani haqida eshitganimda, bu men uchun to'g'ri qadam ekanini darhol angladim. Bu erda bo'lish men uchun katta sharaf va jamoaga qo'shilganimdan juda xursandman», — deya Monganing so'zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.

Jeremi Monga

O'tgan mavsumda Jeremi Monga «Lester» tarkibida 30 ta o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million evro atrofida baholanmoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: