FutboldeSport Tahririyati 3

Lotar Matteus Nagelsmannni isteʼfoga chaqirdi

Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Lotar Matteus milliy jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmannni oʻz lavozimini tark etishga chaqirdi.

Lotar Matteus Nagelsmannni isteʼfoga chaqirdi

Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Lotar Matteus milliy jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmannni oʻz lavozimini tark etishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, Germaniya terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Paragvayga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang oʻynab, penaltilar seriyasida 3:4 hisobida magʻlub boʻlgan holda musobaqa bilan xayrlashdi.

Lotar Matteus

"Yulian Nagelsmannda bu jamoada kelajagi yoʻqligini tan olish uchun nega etarlicha jasorat yoʻqligini tushunmayman.

Chiqib: "Men vazifani uddalay olmadim. Germaniya futbol ittifoqi menga ishondi. Men muxlislar va futbolchilarning ishonchini oqlay olmadim. Shuning uchun isteʼfoga chiqaman. Katta tovon puli haqida oʻylamayman, avval hammasini tahlil qilib, keyingi imkoniyatda yaxshiroq ishlashga harakat qilaman", deyish uchun jasorat kerak. Bu haqiqiy mardlik boʻlardi.

Balkim, Nagelsmann hammasini toʻgʻri qildim deb oʻylayotgandir. Ammo uning yoshi bu lavozim uchun hali erta edi. Ehtimol, 10–15 yildan keyin etarlicha tajriba toʻplagach, bu vazifani muvaffaqiyatli bajara olar", — dedi Matteus.

Manba:Sports.uz
Ulashish: