“Liverpul” superklubning uchinchi taklifini ham rad etdi
“Liverpul” klubi “Inter”ning Kyortis Jons uchun uchinchi taklifini ham rad etdi. “Qizillar” futbolchini 40 million evrodan yuqori baholamoqda.

Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” klubi vositachilar orqali “Liverpul” yarim himoyachisi Kyortis Jons uchun uchinchi taklifini yubordi, ammo “qizillar”ning javobi oʻzgarishsiz qoldi.
Jurnalist Ben Jeykobs maʼlum qilishicha, “Liverpul” mutasaddilari “Inter”ning 25 million evro (21,4 million funt) miqdoridagi dastlabki taklifini jiddiy qabul qilmagan.

Uchinchi urinigda “Inter” mersisaydliklarga 32 million evro (27,3 million funt) taklif qildi, ammo bu ham “Liverpul”ning talablariga javob bermadi. Mersisayd klubi 25 yoshli angliyalik futbolchini 40 million evrodan (34,2 million funtdan) yuqori baholamoqda.
Qoʻshimcha qilish joizki, Jonsning “Liverpul” bilan shartnomasi tugashiga atigi bir yil qolgan va oʻtgan mavsumda oʻyin amaliyotining kamligi yangi shartnoma boʻyicha muzokaralarga ijobiy taʼsir koʻrsatmagan.