FutboldeSport Tahririyati 4
Kurtua: Ispaniyaga qarshi bahs oxirgisi bo'lishi mumkin
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniyaga qarshi o'yin uning terma jamoadagi so'nggi bahsi bo'lishi mumkinligini aytdi.

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini vaqtincha to'xtatishini ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 34 yoshli posbon Millatlar ligasi o'tkaziladigan davrda terma jamoada bo'lmaslikni rejalashtirmoqda.
«Ko'ramiz. Ehtimol, Millatlar ligasida ishtirok etmasman, chunki bu eng muhim musobaqa emas.
Balki Evro-2028 saralash bosqichiga qaytarman. Lekin yakuniy qaror baribir federatsiya ixtiyorida.
Bugungi o'yin [Ispaniyaga qarshi JCh-2026 chorak finali] men uchun terma jamoadagi so'nggi bahs bo'lishi ham mumkin», – deya ta'kidladi Kurtua.

Manba:Sports.uz