FutboldeSport Tahririyati 3

JCh-2026. Misrcha shiddat yoxud Argentina iroda evaziga chorak finalga yo'l oldi

Argentina terma jamoasi 1/8 final bosqichida Misr terma jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etib, chorak finalga chiqdi.

JCh-2026. Misrcha shiddat yoxud Argentina iroda evaziga chorak finalga yo'l oldi

Mundialning 1/8 final bosqichi so'nggi kunidagi dastlabki uchrashuvda Argentina va Misr terma jamoalari Atlantadagi «Mercedes-Benz Stadium» stadionida haqiqiy triller namoyish etishdi.

Argentina terma jamoasi 1/8 final bosqichida Misr terma jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etib, chorak finalga chiqdi. O'yinda Kristian Romero, Lionel Messi va Enzo Fernandes argentinaliklar uchun gol urishdi, Misr terma jamoasi uchun esa Yasser Ibrahim va Mustafa Ziko gol mualliflari bo'lishdi.

Argentina chorak finalda Kolumbiya — Shveytsariya juftligi g'olibini kutadi.

Ulashish: