Jahon chempionati-2026: Argentina Shveytsariyani mag'lub etib, yarim finalga chiqdi
Argentina terma jamoasi Kanzasda bo'lib o'tgan chorak final uchrashuvida Shveytsariyani 3:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Lionel Messi va uning jamoadoshlari 15-iyul kuni Angliya bilan to'qnash keladi.

Argentina terma jamoasi Kanzasdagi Arrowhead Stadiumda bo'lib o'tgan chorak final uchrashuvida Shveytsariyani 3:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Lionel Messi va uning jamoadoshlari 15-iyul kuni Angliya bilan to'qnash keladi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Lionel Skaloni jamoasi uchun Shveytsariya to'sig'i jiddiy, ammo baribir o'tish mumkin bo'lgan dovondek tuyildi. Aleksis Makallister Lionel Messining burchakdan yo'llagan ajoyib uzatmasidan unumli foydalanib, to'pni darvoza to'riga joyladi — 1:0.
Shveytsariyaliklar ustozi Murat Yakin hujumkor futbol o'ynashni xush ko'radi, biroq musobaqa mas'uliyatining yuqoriligi o'z ta'sirini ko'rsatdi: Shveytsariya pley-off bosqichida katta vasvasalar yo'liga kirdi va top terma jamoalarga xos pragmatizmga taslim bo'ldi.
Tanaffusdan so'ng Argentina terma jamoasi yana shveytsariyaliklarga bosim o'tkazishga, ularni o'z iskanjasiga olishga harakat qildi. Shveytsariyaliklar esa hujumlarni qaytarib, nihoyat Argentina hududiga kirib bordi — dastlab kam sonli razvedka guruhlari bilan, o'yinning bir soati ortda qolgach esa tobora qat'iyatlik bilan.
Uchrashuvning 67-daqiqasida Dan Ndoye chap qanotda Nauel Molinadan qochib ketdi, Rikardo Rodriges bilan ko'z bilan tushungan holda paslashib, to'pni qo'llarini ko'kka ko'tarib yordam so'ragan Emiliano Martinesning yonidan darvoza to'riga joyladi — 1:1.
Uchrashuvning 72-daqiqasida shveytsariyalik hujumchi Bril Embolo maydondagi provokatsiyalari bilan tanilgan Leandro Paredes bilan to'qnashuvdan so'ng yiqildi. Biroq VAR'ning barchani ko'rib turuvchi ko'zi bu safar argentinalik futbolchining munosib davomchisi paydo bo'lganini qayd etdi. Portugaliyalik hakam Joau Pedru Pineyru monitor oldida biroz o'ylanib turgach, sariq kartochkasini chiqardi va bu Embolo uchun qizil kartochkaga aylandi.
Qo'shimcha bo'limlarda ham deyarli hech narsa o'zgarmadi va bahs muqarrar ravishda penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan edi. 112-daqiqada Lionel Messi yoshlik yillaridagidek tezlik oldi va zarba berish uchun ham kuch topa oldi. Uning zarbasini Gregor Kobel qaytarishga erishdi, biroq Julian Alvares o'zining to'purarlik qobiliyatini yodga oldi — to'p darvozaning uzoq burchagiga shunday joylandiki, Shveytsariya darvozasida biryo'la ikkita posbon bo'lganda ham, buni qaytara olmasdi — 2:1.
Bundan keyin Shveytsariya o'yingga qayta olmadi. Hisobni tenglashtirishga bo'lgan urinishlar ular uchun faqat qarshi hujumdan o'tkazib yuborilgan gol bilan yakunlandi — Lautaro Martines uchrashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi: 3:1.