FutboldeSport Tahririyati 3
Infantino Trampga Jahon chempionati finali uchun 10 ta chipta sovgʻa qildi
FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Trampga Jahon chempionati finali uchun 10 ta chipta sovgʻa qildi. Chiptalar qiymati 15 ming dollarni tashkil etadi.

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Trampga 19 iyul kuni boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati finali uchun 10 ta chipta sovgʻa qildi.
AQSh prezidentining yillik moliyaviy hisobotiga koʻra, mazkur chiptalarning umumiy qiymati 15 ming dollarni tashkil etadi.
Hisobotda qayd etilishicha, Tramp turli tashkilotlar va shaxslardan boshqa sport tadbirlari uchun ham chiptalar olgan. Ular orasida eng qimmati Super Bowl finali uchun taqdim etilgan 10 ta chipta boʻlib, ularning umumiy qiymati 50 ming dollar deb baholangan.

Manba:Sports.uz