FutboldeSport Tahririyati 5

Germaniyaning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi

Germaniya terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Paragvayga mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi. Bu nemislar uchun 2014 yilgi chempionlikdan so'ng uchinchi marta kutilgan natijaga erisha olmaganliklarini anglatadi.

Germaniyaning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi

Germaniyaning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Germaniya terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Paragvayga mag'lub bo'lib (1:1, penaltilar seriyasida 3:4), musobaqani tark etdi.

Shu tariqa, nemislar 2014 yilgi chempionlikdan so'ng uchinchi mundial ketma-ket kutilgan natijaga erisha olmadi. 2018 va 2022 yilgi Jahon chempionatlarida Germaniya guruh bosqichidan chiqa olmagan bo'lsa, 2026 yilgi mundialda guruhdan birinchi o'rinni egallaganiga qaramay, musobaqaning yangi formatida 1/16 finaldayoq to'xtab qoldi.

Eslatib o'tamiz, Yulian Nagelsmann shogirdlari "E" guruhida 6 ochko bilan birinchi o'rinni egallagan edi. Biroq pley-offning ilk bosqichida Paragvayga imkoniyatni boy berib, mundial bilan xayrlashdi.

Germaniya terma jamoasi
Manba:Sports.uz
Ulashish: