Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi iste'fo berdi
Janubiy Koreya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xon Myon Bo jamoa jahon chempionatidan chiqib ketganidan so'ng terma jamoani tark etishini ma'lum qildi.

Janubiy Koreya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xon Myon Bo jamoa jahon chempionatidan chiqib ketganidan so'ng terma jamoani tark etishini ma'lum qildi.
- Koreya xalqidan chin dildan uzr so'rayman. Men milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ketish haqida qaror qildim. Biroq koreys futboliga bo'lgan muhabbatim so'ngani yo'q. Jamoamizni yana qo'llab-quvvatlayman, u yana fuqarolar ishonchi va mehrini qozonishi uchun chin dildan yordam tilayman.
Terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini qabul qilish men uchun oson qaror bo'lmagan. Mening yagona vazifam – zimmamga yuklatilgan mas'uliyatni oxirigacha bajarish edi. Har bir qarorim to'g'ri bo'ldi, deb ayta olmayman. Jahon chempionatida kutilgan natijalarni ko'rsata olmadik. Buning uchun butun mas'uliyat mening zimmamda, – deya Xon Myon Bo ning so'zlarini keltiradi Yonhap agentligi.
Janubiy Koreya terma jamoasi A guruhida uchinchi o'rinni egallab, uch ochko to'pladi va shu bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
