FutboldeSport Tahririyati 7

Doan: "Yaponiya Braziliya bilan tengma-teng oʻynay olishini isbotladi"

Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ritsu Doan Jahon chempionati 1/16 finalida Braziliyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Eslatib oʻtamiz, yaponlar hal qiluvchi golni uchrashuvning 95-daqiqasida oʻtkazib yuborib, musobaqa bilan xayrlashdi.

"Bizga shunchaki mahorat etishmadi, xolos. Ammo shu 90 daqiqa davomida Yaponiya futboli Braziliya va dunyoning istalgan terma jamoasi bilan tengma-teng raqobatlasha olishini koʻrsatdik.

Barcha futbolchilar ushbu bosqichga etib kelish uchun tayyorgarlik jarayoniga katta masʼuliyat bilan yondashdi va maydonda bor kuchini sarfladi. Biroq bugun yana bir bor jahon futboli darajasi naqadar yuqori ekanini his qildik", — dedi Frankfurtning "Ayntraxt" klubi futbolchisi.

Ritsu Doan
Manba:Sports.uz
Ulashish: