FutboldeSport Tahririyati 2

Chempion jamoadan bir kunda uchta himoyachi ketdi

Italiyaning amaldagi chempioni "Inter" klubi himoya chizig'idagi uchta futbolchini yo'qotdi.

Chempion jamoadan bir kunda uchta himoyachi ketdi

Italiyaning amaldagi chempioni "Inter" klubi rasmiy sayti orqali jamoaning himoya chizig'ida to'p surgan bir nechta futbolchi klubni tark etganini ma'lum qildi.

Jamoadan italiyalik Matteo Darmian va Franchesko Acherbi, shuningdek niderlandiyalik himoyachi Stefan de Vrey ketdi. Uchala futbolchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi tugab, erkin agent maqomiga ega bo'ldi.

Avvalroq "Inter" shveytsariyalik darvozabon Yann Zommer bilan ham xayrlashganini e'lon qilgan edi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Milan grandi eng yaqin ta'qibchisidan 11 ochko oldinda bo'lib, A Seriya chempioniga aylandi. Shuningdek, «neradzurrilar» Italiya kubogini ham qo'lga kiritdi.

Inter
Manba:Sports.uz
Ulashish: