FutboldeSport Tahririyati 9

Chelsi afsonaviy futbolchisi London klubidagi tavqi la'nat haqida gapirdi

Chelsi afsonaviy futbolchisi Emmanuel Peti Kristal Pelas futbolchisi Maksens Lakruaga Chelsiga o'tish haqida ogohlik bilan yondashishni tavsiya qildi.

Chelsi afsonaviy futbolchisi London klubidagi tavqi la'nat haqida gapirdi

«Chelsi» klubining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti «Kristal Pelas»da o'ynayotgan hamyurti Maksens Lakruaga London jamoasiga o'tish borasida ogohlik bilan yondashishni tavsiya qildi.

Ommaviy axborot vositalaridagi ma'lumotlarga ko'ra, «Kristal Pelas» 26 yoshli futbolchini 60 million funt atrofida baholamoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo'ljallangan. «Chelsi» esa bu narxni pasaytirishga urinayotgani aytilmoqda.

- Maksens Lakrua «Chelsi»da? Bu haqda o'ylamaslik kerak. «Chelsi»da frantsuz himoyachilariga go'yoki la'nat bordek. Marsel Desayi va Uilyam Gallas davridan beri ularning birortasi to'liq omad qozongani yo'q. «Chelsi»da hozir necha markaziy himoyachi bor o'zi? Sakkizta emasmi?, – deya Petining so'zlarini keltiradi tribalfootball.com sayti.

Hozirgi paytda Maksens Lakrua Frantsiya terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi jahon chempionati musobaqasida ishtirok etmoqda.

Chelsi afsonaviy futbolchisi
Manba:Sports.uz
Ulashish: