FutboldeSport Tahririyati 13

«Barselona» ikki transferni amalga oshira olmadi

«Barselona» yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishga urinib, «Atletiko»ning Xulian Alvaresni sotib olishga harakat qildi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

«Barselona» ikki transferni amalga oshira olmadi

«Barselona» yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirib, «Atletiko» tarkibida to'p surayotgan Xulian Alvaresni olishga urindi. Ammo Madrid klubi forvardni sotishdan bosh tortdi.

Shundan so'ng kataloniyaliklar bir qator alternativ variantlarga yuzlandi. TEAMtalk nashri yozishicha, sine-granatlilar «Chelsi» forvardi Joao Pedro va «Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupini ham sotib olishga harakat qilgan. Biroq bu muzokaralar ham kutilgan natija bermadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda «Barselona» La Ligada chempionlikni qo'lga kiritgan edi. Katalon klubi finishda asosiy raqibi «Real»ni ortda qoldirgan.

Barselona
Manba:Sports.uz
Ulashish: