FutboldeSport Tahririyati 3

Atletiko "Barselonaga" Alvaresni qo'yib yuborish shartlarini qo'ydi

Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares "Barselonaga" o'tishi mumkin. Madridliklar futbolchi uchun 150 million evron talab qilmoqda.

Atletiko "Barselonaga" Alvaresni qo'yib yuborish shartlarini qo'ydi

Madridning "Atletiko" jamoasi hujumchi Xulian Alvaresni "Barselonaga" faqat muayyan shartlar bajarilgan taqdirdagina qo'yib yuborishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik futbolchi bir necha vaqtdan beri klub rahbariyatiga bosim o'tkazib, o'zi istagan transferga erishishga uringan. Ehtimol, u maqsadiga etib, "matraschilar" rahbariyatini ko'ndirishga muvaffaq bo'lgan ko'rinadi.

Sport nashri yozishicha, "Atletiko" "Barselona" bilan muzokaralarni faqat bitta holatda boshlaydi: agar kataloniyaliklar Xulian Alvares uchun kamida 150 million evroni bir yo'la to'lashga rozi bo'lsa.

Atletiko

Madrid klubini futbolchilar almashinuvi varianti qiziqtirmayapti – ular "Barselonaga" bitimga boshqa o'yinchilarni qo'shish imkonini bermaydi.

Transfermarkt portali ekspertlari esa Xulian Alvaresning bozor qiymatini 100 million evro atrofida baholamoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: