Tuxel Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilgani uchun FIFAni tanqid qildi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel FIFAning Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilgan qaroriga shubha bilan qaradi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel FIFAning qaroriga shubha bilan qaradi. Uning fikricha, AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Belgiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushishiga ruxsat berish – tashkilot tomonidan qilingan xatodir.
«Men bir savolni qoʻymoqchiman: buning boshi qaerda, oxiri qaerda? Endi biz ham Jarrell Kuansani maydondan chetlatish jazosini bekor qila olamizmi yoki yoʻqmi? Chegara qaerda oʻtkaziladi – mana asosiy masala. Va mening bu savolga javobim yoʻq», – deya Tuxelning soʻzlarini BBC Sport keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, Folarin Balogun AQSh – Bosniya oʻrtasidagi 1/16 final uchrashuvida qizil kartochka olgan edi va qoidalarga koʻra, 1/8 finalda Belgiyaga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborishi kerak edi. Biroq FIFA unga maʼmuriy afv berib, qizil kartochka uchun diskvalifikatsiyani bir yilga kechiktirish haqida qaror qabul qildi.
Angliya terma jamoasi himoyachisi Jarrell Kuansa esa Meksikaga qarshi oʻyinda maydondan chetlatilgan edi. Chorak finalda Tomas Tuxel shogirdlari Norvegiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.