Срочно
Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?

Muharrirlik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 21-aprel

1. Missiya va tamoyillar

deSport.uz — O'zbekiston va jahon sportining professional yangiliklar portali. Bizning missiyamiz o'zbek tilida tezkor, aniq va xolis sport yangiliklarini taqdim etish. Tahririyat qarorlarida uchinchi tomonlar (reklama beruvchilar, sponsorlar, siyosiy kuchlar) ta'siridan mutlaqo mustaqilmiz.

Biz quyidagi tamoyillarga amal qilamiz:

  • Aniqlik — faktlar rasmiy manbalar bilan solishtiriladi
  • Xolislik — har bir tarafning pozitsiyasi ko'rsatiladi
  • Shaffoflik — manba ochiq ko'rsatiladi, xatolar ochiq tuzatiladi
  • Tezkorlik — yangilik yuz bergan daqiqadan boshlab yoritamiz
  • Mas'uliyat — O'zbekiston qonunchiligi va OAV etikasiga qat'iy rioya qilamiz

2. Kontent turlari

  • Yangiliklar (kundalik operativ yoritish)
  • Tahlillar va sharhlar
  • Jonli natijalar va turnir jadvallari
  • Video hayjkatlar va intervyular
  • Sportchilar biografiyalari
  • O'zbekiston sporti bo'yicha maxsus bo'lim

3. Manbalar va atributsiya

Tahririyat faqat ishonchli manbalardan foydalanadi. Asosiy manbalarimiz:

  • Xalqaro agentliklar va OAV: BBC Sport, ESPN, Sky Sports, The Guardian, FourFourTwo, Boxing News 24, MMA Fighting, Tennis.com, Motorsport.com, Athletics Weekly
  • Mahalliy OAV: Gazeta.uz sport, Sports.uz, O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy kanallari
  • Rasmiy manbalar: xalqaro va milliy federatsiyalar, klublar va sportchilarning rasmiy e'lonlari
  • Jonli ma'lumotlar: football-data.org va API-Sports xizmatlari orqali o'yin natijalari va jadvallar

Har bir qayta yozilgan maqolada asl manba nomi va havolasi ko'rsatiladi. Fotosuratlar va videolar mualliflik huquqi egalari ruxsati yoki Fair Use qoidasiga muvofiq ishlatiladi.

4. Kontentni tayyorlash jarayoni

  1. Manba yig'ish: RSS va rasmiy API'lar orqali ishonchli OAV'lardan materiallar avtomatik yig'iladi.
  2. Birinchi filter: Kalit so'zlar asosida taqiqlangan mavzular (qimor, kriminal, 18+, diskriminatsiya) chetlashtiriladi.
  3. AI asosida qayta yozish: Sun'iy intellekt yordamida o'zbek tiliga qayta yoziladi — tarjima emas, balki original matn yaratiladi (300–700 so'z).
  4. Ikkinchi filter: Model kontentning eTik talablarga mosligini qayta tekshiradi.
  5. Muharrir tekshiruvi: Muharrir matnni o'qib, faktlarni rasmiy manbalar bilan solishtiradi, taxminlarni olib tashlaydi.
  6. Nashr: Material saytga chiqariladi, ijtimoiy tarmoqlarda ulashilishi mumkin.

5. Faktlarni tekshirish (fact-checking)

Muhim yangiliklar kamida ikkita mustaqil manba bilan tasdiqlanadi. Raqam va statistika rasmiy federatsiya ma'lumotlari bilan solishtiriladi. Sportchilarning shaxsiy hayoti yoki jiddiy ayblovlar haqidagi ma'lumotlar faqat rasmiy bayonot yoki ishonchli manba tasdig'idan keyin nashr etiladi.

6. AI asosidagi kontent haqida shaffoflik

deSport.uz'da ba'zi maqolalar sun'iy intellekt (Groq LLaMA) yordamida qayta yoziladi. Bu jarayon quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Asl matn ishonchli OAV manbasidan olinadi (tarjima emas, qayta yozish)
  • AI modeli faqat manbadagi faktlarga tayanadi — uydirma kiritmaydi
  • Har bir avtomatik tayyorlangan material muharrir tomonidan tekshiriladi
  • Manbaga havola maqolada ko'rsatiladi

AI tomonidan uydirilgan ma'lumot, "gallyutsinatsiya" yoki manba tasdig'isiz da'vo aniqlansa — material darhol olib tashlanadi va ro'yxatga kiritiladi.

7. Xatolarni tuzatish siyosati

Biz xatolarni tan olish va tezkor tuzatishni muhim deb bilamiz. Agar siz maqolada xato (nom noto'g'ri yozilgan, fakt noto'g'ri, raqam noto'g'ri) ko'rsangiz:

Tahririyat murojaatni 24 soat ichida ko'rib chiqadi. Xato tasdiqlansa:

  • Matn darhol tuzatiladi
  • Maqola oxiriga "Tuzatish: [sana, ta'rif]" qaydi qo'shiladi
  • Jiddiy xatolar uchun alohida tuzatish e'lonlari chiqariladi

8. Noxolislik va xolislik

Sport yangiliklarida biz:

  • Har qanday klub, jamoa yoki sportchiga nisbatan ochiq tarafkashlik qilmaymiz
  • Shaxsiy fikrlarni "Tahlil" yoki "Sharh" rubrikasida aniq belgilaymiz
  • Raqobatchi loyihalar haqida to'g'ri va adolatli yoritamiz
  • Siyosiy, diniy yoki millatchilik pozitsiyasini targ'ib qilmaymiz

9. Reklama va tahririyat ajratilishi

Reklama materiallari tahririyat kontentidan aniq ajratiladi. "Реклама" belgisi bilan Yandex Partner (РСЯ) reklama bloklari ko'rsatiladi. Sponsored content (homiyli material) alohida belgi bilan ko'rsatiladi. Reklama beruvchilar tahririyat qarorlariga hech qanday ta'sir ko'rsata olmaydi.

10. Ta'qiqlangan kontent

Biz quyidagi mavzularda material chop etmaymiz:

  • Qimor, sport bukmekerligi reklamasi (rasmiy litsenziyasiz)
  • Doping yoki noqonuniy sport preparatlarini targ'ib qilish
  • Sportchilar shaxsiy hayotidagi tasdiqlanmagan mish-mishlar
  • Har qanday shakldagi diskriminatsiya (milliy, diniy, gender)
  • Zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi material
  • Soxta yangiliklar va dezinformatsiya
  • Voyaga yetmaganlar uchun nomaqbul kontent

11. Mualliflik va javobgarlik

Har bir maqola deSport.uz tahririyati tomonidan nashr etiladi. Mualliflar ismi (agar inson muallif yozgan bo'lsa) yoki "deSport Tahririyati" (jamoaviy ish yoki AI asosida tayyorlangan material) maqolada ko'rsatiladi. Maqola uchun javobgarlik tahririyat zimmasida.

12. Kontent bo'yicha shikoyatlar

Agar saytimizda mualliflik huquqi buzilgan, sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz noto'g'ri ko'rsatilgan yoki material sizningcha qonunga zid deb hisoblasangiz:

  • Email: [email protected] (mavzu: "Shikoyat")
  • Murojaatda aniq URL manzilni ko'rsating
  • Huquqingizni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qiling

Tahririyat 72 soat ichida javob beradi. Asosli shikoyatlar bo'yicha material darhol olib tashlanadi yoki tuzatiladi.

13. OAV litsenziyasi

deSport.uz — "DEAR PEOPLE SERVICE" MCHJ (INN: 306812757) tomonidan boshqariladigan OAV. O'zbekiston Respublikasi AKT Vazirligining OAV guvohnomasi N1377 asosida ro'yxatdan o'tgan. Biz O'zbekiston Respublikasi OAV to'g'risidagi qonuni va Jurnalist etikasi kodeksiga rioya qilamiz.

14. Aloqa