Срочно
Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?
ФутболdeSport Tahririyati 4

Real Madrid "Inter"dan Bastonini sotib olish uchun Niko Pastsdan foydalanishi mumkin

Real Madrid "Inter"dan Alessandro Bastonini sotib olish uchun Niko Pastsni "Inter"ga berishi mumkin. Bastonining transferi 70 million evro atrofida baholanmoqda.

Real Madrid "Inter"dan Bastonini sotib olish uchun Niko Pastsdan foydalanishi mumkin

"Real Madrid" yarim himoyachi Niko Pasts boʻyicha qaytarib sotib olish bandini ishga tushirish arafasida turibdi. AS nashri maʼlumotiga koʻra, madridliklar futbolchini "Komo" klubidan 9 million evro evaziga qaytarib olishni rejalashtirmoqda.

Italiyaning "Komo" jamoasi Pastsdan voz kechishni istamayapti. Biroq klub rahbariyati "Real" belgilab qoʻygan 60 million evrolik keyingi transfer narxini juda yuqori deb hisoblamoqda.

Niko Pasts

Manbaga koʻra, shu paytda "Inter" ham argentinalik yarim himoyachini qoʻlga kiritish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Milan klubi Pastsni "har qanday holatda" oʻz safiga qoʻshib olishni xohlayotgani aytilmoqda.

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourino esa "Inter"ning markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga katta qiziqish bildirmoqda. Shu bois Niko Pasts Bastonining Madrid klubiga oʻtishi mumkin boʻlgan kelishuvning bir qismiga aylanishi ehtimoli bor. Xabarda taʼkidlanishicha, milanliklar 27 yoshli himoyachining transferini 70 million evro atrofida baholamoqda.

Oʻtgan mavsumda Bastoni barcha musobaqalar doirasida 40 ta oʻyinda maydonga tushdi. U shu vaqt mobaynida ikki gol urdi va olti golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar moʻljallangan.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Alessandro Bastonining bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Источник:Sports.uz
Поделиться: