Срочно
Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?
ФутболdeSport Tahririyati 3

Real" janjalkash Valverdeni nima qiladi?

Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde uchun o'tgan mavsum oson kechmadi, lekin klub rahbariyati uning maqomiga o'zgarish kiritishni rejalashtirmayapti

Real" janjalkash Valverdeni nima qiladi?

«Real Madrid» yarim himoyachisi Federiko Valverde uchun oʻtgan mavsum oson kechmadi. Turli manbalarga koʻra, u jamoa ichida bir qator mojarolar markazida qolgan.

OAV xabarlariga qaraganda, futbolchi sobiq bosh murabbiy Xabi Alonso bilan kelishmovchilikka borgan, yaqinda esa mashgʻulot paytida Orelen Tchuameni bilan janjallashgan.

Urugvay terma jamoasida ham Valverde va bosh murabbiy Marselo Belsa oʻrtasida muammolar yuzaga kelgani va oʻrtadagi ziddiyat terma jamoaning mundialdagi natijalariga taʼsir qilgani haqida maʼlumotlar tarqalgan.

Valverde

Shunga qaramay, manbada taʼkidlanishicha, «Real» rahbariyati Federiko Valverdening jamoadagi maqomiga jiddiy oʻzgarish kiritishni rejalashtirmayapti. Xususan, klub uni sardorlik vakolatlaridan mahrum etish niyatida emas.

Kelasi mavsumda ham urugvaylik futbolchi madridliklar etakchilaridan biri sifatida maydonga tushishda davom etadi.

Avvalroq xabar qilinganidek, Joze Mourino ham Valverdeni oʻz rejalarida muhim oʻrinda koʻrmoqda. Murabbiy uni oʻz loyihasining asosiy figuralaridan biri, jamoa oʻyinini tashkil etuvchi markaziy yarimhimoyachi sifatida koʻrishini maʼlum qilgan.

Источник:Sports.uz
Поделиться: