Rasman! Karim Adeyemi «Barselona» futbolchisi
Karim Adeyemi «Barselona» futbolchisi bo'ldi. Transfer uchun 22 million evro to'lanadi, shartnoma 5 yil muddatga mo'ljallangan.

Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko’ra, "Barselona" klubi "Borussiya" Dortmund hujumchisi Karim Adeyemini o’z safiga qo’shib olishga kelishib oldi.
Kataloniya jamoasi transfer uchun 22 million evro to’laydi, yana 7 million evro turli bonuslar ko’rinishida mo’ljallangan. Yangi shartnoma 5 yil muddatga mo’ljallanayotgani aytilmoqda.
Karim Adeyemi "Borussiya" Dortmund tarkibiga 2022 yil iyul oyi boshida qo’shilgan edi. O’tgan mavsumda u klub safida barcha musobaqalar doirasida 39 ta o’yin o’tkazdi, 10 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali bahosiga ko’ra, 24 yoshli futbolchining bozor qiymati 40 million evroga teng.
