Oʻzbekistonning guruhdagi raqiblari maʼlum boʻldi
2026 yilgi XX Osiyo oʻyinlarining futbol musobaqalariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi “S” guruhida Vetnam, Filippin, Kuvayt bilan kuch sinashadigan boʻldi.

Yaponiyada Aychi va Nagoya shaharlarida boʻlib oʻtadigan 2026 yilgi XX Osiyo oʻyinlarining futbol musobaqalariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qurʼa natijalariga koʻra, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi nufuzli musobaqaning “S” guruhida Vetnam, Filippin, Kuvayt bilan kuch sinashadigan boʻldi.

Osiyo oʻyinlarining futbol turniri 15 sentyabr kuni boshlanadi va 3 oktyabr kuni yakunlanadi.
Qurʼaning umumiy natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:
"A" guruhi
Yaponiya
Tailand
Qirgʻiz Respublikasi
Gonkong
"B" guruhi
Xitoy
BAA
Eron
KXDR
"C" guruhi
Vetnam
Oʻzbekiston
Filippin
Kuvayt
"D" guruhi
Koreya Respublikasi
Saudiya Arabistoni
Qatar