Срочно
Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?
ФутболdeSport Tahririyati 5

Mundialning eng keksa futbolchisi faoliyatini yakunladi

Shotlandiya terma jamoasi darvozaboni Kreyg Gordon professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Mundialning eng keksa futbolchisi faoliyatini yakunladi

Shotlandiya terma jamoasi darvozaboni Kreyg Gordon professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. 43 yoshli posbonning ta'kidlashicha, u «o'z orzusi bilan yashagan», ammo endi nuqta qo'yish payti kelgan.

- Bu kun kelishini hech qachon istamaganman, lekin u baribir kelishi kerak edi. Men orzularimni ro'yobga chiqarganman, bundan juda minnatdorman, — dedi Gordon uning ilk klubi tomonidan e'lon qilingan xayrlashuv videomurojaatida.

- Yillar davomida yonimda bo'lgan jamoadoshlarim, murabbiylar, tibbiy xodimlar, yaqinlarim va muxlislarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Endi qo'lqoplar echildi, futbolchi sifatidagi faoliyatim bilan xayrlashaman, — deya qo'shimcha qildi u.

Kreyg Gordon

Gordonning so'nggi mavsumi «Xarts» tarkibida o'tdi. U shuningdek, Shotlandiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati uchun tuzilgan ro'yxatiga ham kiritilgan edi. Darvozabon milliy jamoa safida jami 84 o'yin o'tkazgan.

Gordon professional faoliyatini aynan «Xarts»da boshlagan. 2007 yili esa u «Sanderlend» safiga o'tdi. U erda 2010 yilda «Bolton» futbolchisi Zat Naytning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini qaytarib, Angliya chempionati tarixidagi eng yorqin seyvlardan biriga muallif bo'lgani bilan esda qolgan.

2014 yili Shotlandiyaga qaytgan Gordon «Seltik» jamoasi darvozasini qo'riqlay boshladi va klub bilan birga 5 marta mamlakat chempioni bo'ldi. 2022 yili darvozabon og'ir jarohat — oyog'ining ikki joyidan sinishini boshidan kechirdi, shunga qaramay, tiklanib, yana maydonga qaytishga muvaffaq bo'ldi.

Источник:Sports.uz
Поделиться: