Срочно
Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?
ФутболdeSport Tahririyati 6

Messi Iordaniyaga qarshi bahsni zaxiradan boshlashi kutilmoqda

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Iordaniyaga qarshi uchrashuvni zaxira oʻrindigʻida boshlaydi.

Messi Iordaniyaga qarshi bahsni zaxiradan boshlashi kutilmoqda

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Iordaniyaga qarshi uchrashuvni zaxira oʻrindigʻida boshlaydi.

ESPN xabariga koʻra, Argentina terma jamoasi 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00'da Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Jamoa avvalgi ikki turda Jazoirni 3:0 va Avstriyani 2:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu beshta golning barchasiga Messi mualliflik qildi.

Messi

"J" guruhida peshqadam boʻlib turgan Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni bu bahsda avvalroq kamroq oʻyin vaqtiga ega boʻlgan futbolchilarga imkoniyat berishni rejalashtirmoqda. Shu sababli, Messi uchrashuvni zaxiradan boshlashi kutilmoqda.

Manbaga koʻra, mashgʻulotlar davomida dastlab asosiy tarkibda Niko Pas harakat qilgan, keyinchalik esa uning oʻrnini "Inter Mayami" hujumchisi Messi egallagan. Shuningdek, Skaloni sinov tariqasida Hulian Alvaresni Lautaro Martines oʻrniga maydonga tushirgan.

Maʼlum qilinishicha, murabbiy odatda ikki nafar markaziy hujumchi bilan oʻynamaydi. Biroq mashgʻulotning bir qismida Lautaro Martines va Hulian Alvares birgalikda hujum chizigʻida harakat qilgan. Buning uchun yarim himoyachi Eksekiel Palasios tarkibdan chiqarilgan.

Kutilishicha, Lautaro Martines va Hulian Alvares Iordaniyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. Darvozani esa jamoaning asosiy posboni Emiliano Martines qoʻriqlaydi.

Источник:Sports.uz
Поделиться: