Спорт УзбекистанаdeSport Tahririyati 6
Kurashchi qizlarimiz Osiyo chempionatida 5 ta medalni qo'lg'a kiritdi
Tailandda sport kurashlari bo'yicha U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 5 ta medalni qo'lga kiritdi

Tailandda sport kurashlari bo'yicha U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati qizg'in davom etmoqda. Ortda qolgan kun qizlar kurashi bo'yicha bellashuvlar o'tkazilib, unda O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Oltin medal: -65 kg: Muhayyo Narzilloeva
Kumush medal: -50 kg: Shohista Shonazarova
Bronza medal: -62 kg: Feruza Qayratdinova, -68 kg: Muhayyo Rahimjonova, -76 kg: Sevinchoy Polvonova

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Источник:Sports.uz