Klopp murabbiylakka qaytyapti, jamoa tayyor!
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketkazilgan Yulian Nagelsmann o'rnini egallashga tayyor

Klublar miqyosida «Borussiya Dortmund» va «Liverpul» jamoalarini yuqori pog'onalarga olib chiqqan mashhur murabbiy Yurgen Klopp yana katta futbolga qaytish arafasida.
Bu haqda insayder Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatdi.
Jurnalist ma'lumotiga ko'ra, Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketkazilgan Yulian Nagelsmann o'rnini egallashga tayyor. Avvalroq 38 yoshli mutaxassis 2026 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokdan keyin «bundestim»ni tark etgani haqida maxlumotlar tasdiqlangan edi.
Shimoliy Amerikada o'tgan mundialda Germaniya terma jamoasi musobaqani 1/16 finalda yakunladi. Nagelsmann shogirdlari kutilmaganda Paragvay terma jamoasiga mag'lub bo'ldi: asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa raqib 4:3 hisobida ustun keldi.
