Срочно
Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?Фавориты чемпионата мира по футболу 2026 годаЧемпионат мира по футболу 2026: общая информацияСильные и слабые стороны сборной Узбекистана на чемпионате мираМатч Канада - Узбекистан: будет ли трансляция?Ривалдо: "Я люблю Узбекистан и у меня там много друзей. Жаль, что все закончилось так"Сборная Узбекистана проведет контрольный матчФабио Каннаваро: моя основная цель при приходе в сборную - выиграть Кубок АзииЛига наций Азии скоро стартует!Сборная Ирана может отказаться от участия в ЧМ-2026Где сейчас футболисты сборной Узбекистана?
Спорт УзбекистанаdeSport Tahririyati 4

Husanov Ronaldu bilan nima haqida tortishganini aytdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi o'yin paytida Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bilan bahslashgani ma'lum bo'ldi.

Husanov Ronaldu bilan nima haqida tortishganini aytdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi o'yin paytida Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bilan bahslashgani ma'lum bo'ldi.

Bu haqda sport jurnalisti Davron Fayzievga tayanib ommaviy axborot vositalari xabar tarqatmoqda.

O'zbek jurnalisti o'zining Instagram sahifasida Xyustondagi uchrashuvdan lavhalar joylashtirib, ikki futbolchi o'rtasida maydonda kechgan suhbat tafsilotlarini ochiqladi. Ushbu epizod avvalroq dunyo ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan, ammo futbolchilarning aniq nimalar haqida gapirgani noma'lum qolgan edi.

- O'yin davomida juda ko'p gaplashdik. Asosan maydondagi vaziyatlar haqida fikr almashdik. Aynan o'sha videoda bir-birimizga nimalar deganimizni aniq eslay olmayman. Masalan, bekor qilingan golimizdan keyin biroz tortishib qoldik.

Ronaldu o'sha epizodda qoida buzilganini aytdi, men esa Abbos qo'pol o'ynaydigan futbolchi emasligini ta'kidladim. Har safar suhbatimiz iliq, do'stona ruhda o'tdi, — deya Xusanovning so'zlarini keltiradi jurnalist.

Abduqodir Husanov va Krishtianu Ronaldu

Eslatib o'tamiz, 23 iyun kuni Xyuston shahrida bo'lib o'tgan mundial guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi debyutant O'zbekistonni 5:0 hisobida mag'lub etdi. Bungacha terma jamoada yirik turnirlarda o'nta o'yin davomida to'p kirita olmagan Krishtianu Ronaldu O'zbekistonga ikkita gol urib, quruq seriyasiga yakun yasadi. Qolgan gollar Nunu Mendesh va Rafael Leauga yozildi, yana bir to'p darvozabon Abduvohid Ne'matovdan o'z darvozasiga tushdi va avtogol qayd etildi.

Uchrashuvning eng ko'p muhokama qilingan lahzasi 29-daqiqada O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G'aniev tomonidan urilgan, ammo keyin bekor qilingan supergol bo'ldi. U uzoq masofadan aniq va juda chiroyli zarba yo'llab, hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirgan edi. Biroq VAR aralashuvi va videotakrorni shaxsan ko'zdan kechirganidan so'ng marokashlik hakam Jalol Jayed hujum boshlanishida Abbosbek Fayzullaev tomonidan Portugaliya himoyachisi Joau Kanseluga nisbatan qoida buzilganini qayd etdi va golni bekor qildi.

Har ikki terma jamoaning eng mashhur o'yinchilari - Ronaldu va Husanov o'yin davomida bir necha bor maydonning o'zida suhbatlashib oldi. Eng ko'p tarqalgan epizodlardan biri 60-daqiqada, O'zbekiston darvozasiga avtogol kiritilgan payt qayd etildi. Shu paytda Portugaliya sardori Ronaldu "Manchester Siti"ning yosh himoyachisi Husanovga yaqinlashib, uni iliq quchoqlab, elkasidan do'stona tarzda silkitdi va ruhan qo'llab-quvvatlashga harakat qildi.

Источник:Sports.uz
Поделиться: